O'zbekiston Respublikasi mustaqilligi sharafiga uyushtirilgan Fleshmob
01.09.2016 | Shoptextile.uz
"Shoptextile.uz" internet-do'koni jamoasi, "Samarqand Apparel", "Bofanda", "VENDO" kompaniyalari bilan hamkorlikda va Samarqand shahar hokimligi ko'magida O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi sharafiga bayramona flesh-mob tashkil qilishdi. Registon ansamblida o'tkazilgan fleshmobda 150 dan ortiq kishi ishtirok etdi.